Mirziyoyev Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga sihat-salomatlik, farovonlik, qardosh turk xalqining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

“Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, mamlakatning global maydondagi nufuzi yuksalishida, O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi yuksak darajaga ko‘tarilishida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘rni va shaxsiy hissasi alohida qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, suhbat davomida turli darajalarda faol, sermahsul muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik sur’ati oshib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Bundan tashqari, investitsiyalar, innovatsiyalar, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi bo‘lajak sammitlar kun tartibini tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbat yakunida yetakchilar butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan bir-birini tabriklab, qardosh O‘zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing