Mirziyoyev Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Bartin provinsiyasidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olgan konchilar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 oktyabr kuni kuni Turkiyaning Bartin viloyatidagi Amasra shahridagi ko‘mir konida, 300 metr chuqurlikda portlash yuz berdi.

Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lumotlariga ko‘ra, portlash transformator nosozligi tufayli sodir bo‘lgan. Ammo keyinroq agentlik bu ma’lumotni rad etib, favqulodda holat sabablari hali aniqlanmagani haqida bayonot berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing