Mirziyoyev “Elektron hukumat” data-markazini ochib berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 avgust kuni Toshkent viloyati va poytaxtdagi yangi barpo etilgan majmualar bilan tanishdi.

Ulardan biri – Zangiota tumanida qurilgan “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi.

O‘zbekistonda xalqaro talablarga mos Datamarkaz tashkil etish zaruratga aylangani bois “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida O‘zbekistonda ilk bor katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi barpo etildi. Davlat rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Markazda Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda 20 peta bayt xotiraga ega tizim tashkil etilgan. 580 ta server, umumiy elektr quvvati 5 megavattli dizel generatorlar tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. Binoni sovutish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash tarmoqlari ham barcha talablarga javob beradi. Umuman, Ma’lumotlar markazi xalqaro “Uptime” instituti tomonidan beriladigan TIER III sertifikatiga ega.

“Bu markaz raqamlashtirishning “yuragi”, “Elektron hukumat”ning zamini”, degan Prezident.

Qayd etilishicha, mazkur markaz ishga tushishi natijasida davlat idoralarining ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlashga sarflaydigan milliardlab harajatlari tejaladi, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi. Eng asosiysi, kiberhujumlardan ishonchli himoya ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

89

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing