Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan “Shovot-Toshovuz” CHGZni tashkil etish haqida gaplashib oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Anqara shahridagi Turkiy davlatlar tashkiloti favqulodda sammiti doirasida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda o‘tgan yilgi tarixiy ahamiyatga ega oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar, yaqinda o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining samarali yakunlari, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari oshayotgani va ustuvor tarmoqlarda sheriklik kengayib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etilgan.

“Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish ishlarini boshlash hamda energetika, mashinasozlik, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga muhim e’tibor qaratilgan.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing