Mirziyoyev Anqaradagi aerokosmik kompaniyaga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida bugun, 6 iyun kuni “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbariga kompaniya mahsulotlari namunalari, ishlab chiqarish jarayoni va xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari taqdimot qilindi.

1984 yilda tashkil etilgan kompaniya turg‘un va aylanma qanotli havo texnikasi, uchuvchisiz uchish qurilmalari va sun’iy yo‘ldoshlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish va aerokosmik tizimlarni integratsiyalash sohalarida Turkiyaning yetakchi texnologiya markazidir.

2023 yilda “Turkish Aerospace Industries Inc.” dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyalari ro‘yxatiga kirdi. Korxonaning yillik daromadi 1,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Kompaniyada 15 mingdan ziyod xodim, shu jumladan 7 mingga yaqin muhandislar, 6,5 mingdan ortiq texniklar va boshqa ishchilar mehnat qiladi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidentiga Turkiya mudofaa sanoatining keng turdagi qurol-yarog‘ va harbiy texnikani ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boshqa korxonalari faoliyati ham taqdimot qilindi.

Aviatsiya texnikasining namoyish parvozlari ham o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made