Mirziyoyev “Amirsoy” kurortida Sadir Japarov bilan uchrashdi
Jamiyat
−
26 yanvar 2025 12326 1 daqiqa
Kecha, 25 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan “Amirsoy” kurort majmuasida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdi.
Qirg‘iziston Prezidenti tog‘-chang‘i majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.
O‘zbekiston va Qirg‘izistonda ikki davlatning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025