Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Olam
−
08 Sentabr 2024
4718Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan bugun, 8 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari Ostona shahrida beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – UNESCO'ning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrida Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar