Mirziyoyev AQSHga yetib bordi
Jamiyat
−
21 Sentabr 22385 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 20 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun AQSHning Nyu-York shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini AQSH Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zlaydi, shuningdek, qator xorijiy mamlakatlar yetakchilari, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
AQSHning yirik korporatsiyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan davra suhbatida ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev 2023 yilda BMTning 78-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlagandi.
Live
Barchasi