Mirziyoyev AI-80 markali benzindan voz kechish bo‘yicha topshiriq berdi
Jamiyat
−
29 yanvar
17568Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripovga AI-80 markali benzindan voz kechish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yildan hozirgi kunda O‘zbekistonda eng arzon va sifatsiz benzin bo‘lib turgan AI-80 markali yonilg‘idan foydalanmaslik masalasi uzil-kesil hal qilinadi.
Bundan tashqari, poytaxtda og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar va “Yevro-4”dan past yonilg‘idan foydalanishning ekologiyaga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqiladi.
Poytaxt ko‘chalariga atmosfera havosining sifat ko‘rsatkichini doimiy e’lon qilib boradigan tablo va monitorlar o‘rnatiladi.
Tahlillarga ko‘ra, tirbandliklar ham havoning tozaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.
Chunki, harakatdagi avtomobilga qaraganda tirbandlikda turganlari havoni ko‘proq ifloslantiradi.
Shu sababli, jamoat transportini rivojlantirish borasidagi ishlar yanada jadallashtiriladi.
Endilikda avtobuslar xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligi, shuningdek, metro vagonlari sonini oshirish bo‘yicha amaliy choralarni ham tezlashtirish lozimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, "Yashil energetika”ni qo‘llab-quvvatlash, ekologik muammolarning oldini olish va zararli oqibatlarini kamaytirish maqsadida aholini elektromobillarga o‘tishini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
LiveBarchasi