Mirziyoyev 2024 yil uchun Davlat byudjetini tasdiqladi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni "2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlariga ajratiladigan grant mablag‘larining belgilangan miqdorlari Qonunga o‘zgartish kiritilmasdan ko‘paytiriladi.

O‘zbekiston byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari bo‘yicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda:

  • respublika byudjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan;
  • 3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln so‘m miqdorida belgilandi.

2024 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Senat 2024 yil uchun Davlat byudjetini ma’qullagandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Davlat byudjeti 2024 yil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing