Mirzacho‘lda xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular davlatga 1 yarim milliard so‘mdan ziyod moddiy zarar yetkazgani aniqlangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, DXX hujjatlari asosida viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Mirzacho‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi faoliyatida qonun buzilishi holatlari aniqlangan. 

Aniqlanishicha, tumanda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga zid ravishda ortiqcha sinflar shakllantirilishi, ta’til, ish haqi va ustama pullar me’yoridan ko‘p to‘lanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarida qo‘shib yozish, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tovar-moddiy boyliklarda kamomadlar mavjudligi va boshqa holatlar natijasida davlatga 1 mlrd 593 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda Mirzacho‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyati Xatirchi tumani Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari 43 million so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlangan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat xalq ta'limi bo'limi Mirzacho'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing