Mirobodda dahshatli avariya sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirobod tumanida dahshatli avariya ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Svetoforning yashil chirog‘ida to‘xtab turgan mashina videoregistratoriga tushib qolgan kadrlarda yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan Zeekr rusumli avtomobilning chorrahadan qayrilayotgan Kia va Matiz rusumli mashinalarga borib urilgani aks etgan.

Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, voqea bugun, 08 fevral kuni taxminan soat 15:45 larda Mirobod tumani Nukus-Mirobod ko‘chalari kesishgan chorrahasida sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Kia va Matiz haydovchilari hamda Zeekr rusumli avtomashinaning haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga olib borilgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni Shayxontohur tumanida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgandi. 4 fevral kuni esa Olmazor tumanida Ford rusumli tez yordam mashinasi va Nexia 3 rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made