Mirishkorning hokimi o‘g‘rini to‘g‘ri demagani uchun uzr so‘radi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2019
9199Avvalroq, Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov bilan bog‘liq video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani, hokim daladan makkajo‘xori o‘g‘rilayotgan yoshi 60 atrofidagi kishini la’natlagani, haqoratlagani va ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan tekshirish harakatlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik.
Oradjan ko‘p o‘tmay, Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov xalqdan uzr so‘rab chiqdi. U videoda shunday deydi:
“Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning mehnatini inobatga olgan olgan holda Ispaniya davlatidan makkajo‘xori urug‘ini olib keldik. Bir gektardan o‘n tonnadan makkasi tayyor turibdi.
Lekin tumanimizning eksport salohiyati haqida men qayg‘urmasam, kim qayg‘uradi? Hokim sifatida men buni ham o‘ylashim kerak, tadbirkorni ham o‘ylashim kerak.
To‘g‘ri, inson sifatida, jahl ustida fuqaroga nisbatan haqorat so‘zini ishlatib qo‘ydim. Hokim sifatida, rahbar sifatida bu so‘zni ishlatmasligim kerak edi. Shuning uchun xalqimizdan qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib uzrimni so‘rayman. Bu xato-kamchiligimni boshqa qaytarmayman, deb va’da beraman”.
LiveBarchasi