Minglab o‘zbekistonliklar xorijdan ortga qaytarildi
Jamiyat
−
12 avgust 11772 1 daqiqa
Joriy yilning 7 oyi davomida xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgan 2 888 nafar O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qaytarilgan fuqarolarning 1 306 nafari murakkab moliyaviy ahvolda qolgan shaxslar, 518 nafari bolali ayollar, 1 022 nafari voyaga yetmaganlar va 42 nafari maxsus tibbiy yordam orqali olib kelingan fuqarolardan iborat.
Shuningdek, tibbiy kuzatuv talab etilgan 15 nafar fuqaro Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlari nazorati ostida O‘zbekistonga olib kelingan.
Qayd etilishicha, fuqarolarni qaytarish bilan bog‘liq transport, tibbiy, tashkiliy va boshqa zarur xarajatlar uchun Migratsiya jamg‘armasidan jami 9 mlrd 936 mln so‘m mablag‘ sarflangan.
Misol sifatida, 2024 yilda ishlash maqsadida Sankt-Peterburgga ketgan bir nafar o‘zbekistonlikning joriy yil mart oyidan boshlab oilasi bilan aloqasi uzilgan. O‘rganishlar natijasida uning ruhiy holatida o‘zgarishlar kuzatilgani va qarovsiz qolgani aniqlangan. Ushbu fuqaro Sankt-Peterburg–Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan 597 nafar o‘zbekistonlik ortga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust