Mingbuloq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
21 mart 2019
7497Namangan viloyatida xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zA viloyat hokimligi axborot xizmatiga tayanib ma’lum qilmoqda.
Sessiyada viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari, hokimlikning guruh va kotibiyati rahbarlari, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari boshliqlari, tegishli viloyat, tuman tashkilotlari mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Ushbu masala yuzasidan viloyat hokimi, senator Xayrullo Bozorov ma’ruza qildi.
Sessiyada hozirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdiyevni Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining 2019 yil 20 martdagi 203-sonli qarori deputatlar e’tiboriga havola etildi. Deputatlar viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr