Milliy jamoa Husanovsiz mashg‘ulot o‘tkazdi

Sport

O‘zbekiston terma jamoasini 20 mart kuni o‘z uyida Qirg‘izistonga qarshi, 25 mart kuni esa safarda Eronga qarshi muhim uchrashuvlar kutib turibdi. Jamoada kayfiyat a’lo darajada, ammo birinchi kungi mashg‘ulotlarda bir necha asosiy legionerlar ishtirok etmadi. Jumladan, “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov va SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev terma jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shilgan, biroq ular uzoq yo‘ldan kelganligi bois, dastlab individual tiklanish jarayonlarida qatnashdi. 

Shuningdek, Eldor Shomurodov va Jaloliddin Masharipov ham umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Ma’lum bo‘lishicha, bu futbolchilar 18 mart kuni bo‘ladigan bo‘lajak o‘yinlarga tayyorgarlik jarayonlarida qatnashadi. 

Jurnalist va OAV nishonida esa bu safar Saudiya Arabistonining “Al-Fayha” klubi a’zosi, terma jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Otabek Shukurov bo‘ldi. Abduqodir Husanov effektida terma jamoa mashg‘ulotlariga kelgan OAV soni har qachongidan-da ko‘proq bo‘ldi, ammo yuqorida aytganimizdek, Husanov 18 mart kuni bo‘ladigan guruh mashg‘ulotlarida qatnashadi. 

Terma jamoani oldinda yana ikki kunlik mashg‘ulot va 2 ta muhim o‘yin kutib turibdi. Bo‘lajak o‘yinlardagi g‘alaba “oq bo‘rilar”ga 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini kafolatlab berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston terma jamoasi Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing