“Milliy tiklanish”dan chetlatilgan deputat “Adolat” SDPga a’zo bo‘ldimi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Qobil Dusov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zoligidan chetlatilgani haqida xabar bergan edik.

Qobil Dusov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasini tanlagani va a’zo bo‘lganini yozib chiqdi.

Shundan so‘ng, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi rasmiy bayonot bilan chiqdi va Qobil Dusov partiya safiga olinmaganini ma’lum qildi.

“Bugungi kun holatiga “Adolat” SDPning tuman, shahar tashkilotlari tomonidan Kabul Dusov partiya a’zoligiga qabul qilinmagan”, deyiladi “Adolat” SPD xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi bo‘lgan Qobil Dusov Yashnobod tumani aholisi bilan yoqalashgani, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

partiya Milliy tiklanish Qobil Dusov Adolat SDP

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing