Milliy test tizimiga hujjat topshirish tartibi qanday bo‘ladi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi onlayn bo‘ladi. Bu haqda Davlat test markazi bosh yurist konsultanti Guljahon Madrahimova ma’lum qildi.

“Milliy test tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi xuddi abitur.dtm.uz resursi singari onlayn shaklda shaxsiy kabinetlar yaratiladi va imtihon vaqti, shakli, joyi va boshqa to‘liq ma’lumotlarni shaxsiy kabineti orqali olishi mumkin bo‘ladi”, deydi Guljahon Madrahimova

Yetarli ball to‘plab, sertifikatga ega bo‘lganlar ham shaxsiy kabineti orqali uni qabul qilib olishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan, joriy yilning 1 dekabridan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

DTM milliy test tizimi

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing