Milliy gvardiya vakolatlari kengaymoqda
Jamiyat
−
12 Sentabr 2019
7570Bugun, 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun tashabbusi huquqiga ega sub’ektlar tomonidan kiritilgan ayrim qonun loyihalari birinchi o‘qishda muhokama qilish uchun mas’ul qo‘mitalar tomonidan tayyorlanmoqda. Ulardan biri “Qo‘riqlash va nazorat-litsenziyalash faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘lib, u Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritildi. Bu haqda parlament rasmiy saytida xabar berildi.
“Ushbu qonun loyhasining ishlab chiqilishi zarurati nimada edi?”, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga, muqaddam Ichki ishlar vazirligi tarkibida bo‘lgan Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi va uning bo‘linmalari, Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha alohida bataloni, Nazorat-ruxsat berish faoliyati bo‘limi o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritishni talab etadi.
Loyiha qonun tashabbuskori tomonidan quyi palataga kiritilganidan so‘ng Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan sohaga oid amaldagi qonun normalari o‘rganildi, ekspertlar va mutaxasislar fikr-mulohazalari olindi va qonun loyihasi birinchi o‘qishga tayyorlandi.
Loyiha bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi)ning huquqbuzarliklar oldini olish yo‘nalishidagi vazifalari, ularning majburiyat va vakolatlari belgilanmoqda.
Ayni paytda qonun loyihasi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlik guruhiga taqdim etilgan bo‘lib, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda, Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr