Milliy gvardiya vakolati kengaytirilmoqda
Jamiyat
−
11 aprel 2022
15889O‘zbekistonda Milliy gvardiyaga ham ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati berilmoqda. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonunda belgilanmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi bilan Milliy gvardiyaga ham ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati berilmoqda. Shuningdek, jamoat tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklarni aniqlash borasidagi vakolati ham kengaytirilmoqda va bu bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Ta’kidlanishicha, qonun loyihasi jamoat xavfsizligini ta’minlashning samaradorligini oshirishga, ichki ishlar xodimlarining xizmat yuklamalarini kamaytirib, ularga aholi bilan ko‘proq ishlash imkoniyatini beradi.
Yig‘ilishda keyingi paytlarda Milliy gvardiyaning ham jamoat tartibini saqlashdagi o‘rni oshib borayotgani, biroq ularda jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati berilmaganiga to‘xtalib o‘tilgan. Vakolatning yo‘qligi esa ortiqcha hujjat aylanishi va fuqarolarning sarson bo‘lishiga olib kelishi urg‘ulangan.
LiveBarchasi