Milliy gvardiya xodimi bilan janjallashgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida Milliy gvardiya xodimi va chiqindini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro o‘zaro janjallashgani va qoidabuzar shaxs voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etdi

Qayd etilishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur holatni sodir etgan shaxs Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 42 yoshli S.J. ekani aniqlanib, qo‘lga olingan. 

Shundan so‘ng harbiy xizmatchiga faol qarshilik ko‘rsatib, uni omma oldida obro‘sizlantirgani va haqorat qilgani uchun S.J.ning xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy baho berish maqsadida to‘plangan hujjatlar Sergeli tuman prokuraturasiga yuborilgan. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gap shundaki, joriy yilning 12 noyabr kuni Sergeli tumanida joylashgan “Sergeli” dehqon bozorida jamoat tartibini saqlash uchun jalb qilingan Milliy gvardiya xodimi belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaroni to‘xtatib, u bilan tushuntirish ishlarini olib borgan. 

Fuqaro esa xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, unga faol qarshilik ko‘rsatib, omma e’tiborini torta boshlagan. Hatto, keyinchalik “qo‘lingdan nima keladi” deya jismoniy qarshilik ham ko‘rsatgan, shundan so‘ng, Milliy gvardiya xodimi o‘zini himoya qilish va huquqbuzarlikni bartaraf etish maqsadida kuch ishlatishga majbur bo‘lgan. 

Holat voqea joyidagi fuqarolar aralashuvi bilan biroz yumshatilgach, huquqbuzarlik sodir etgan shaxs javobgarlikdan qochish maqsadida hodisa joyidan ketib qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Milliy gvardiya Sergeli jinoyat ishi chiqindi Sergeli bozori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing