Millionlab xitoylikning karantinga olinishiga virusning yangi mutatsiyasi sabab bo‘lishi mumkin – Bloomberg
Salomatlik
−
21 may 2020
9341Avvalroq, Xitoyning shimoli-sharqida 108 milliondan ziyod odam karantinga olingani haqida xabar berilgan edi. Xitoylik shifokorlar, mamlakatning ushbu mintaqasidagi kasallanganlarda aniqlanayotgan virus, Uxandaga aniqlangan dastlabki virusdan farq qilishini ta’kidlashmoqda. Bu haqda kecha, 20 may kuni “Bloomberg“ nashri xabar qildi.
Mutatsiyaga uchragan deb hisoblanayotgan virusning xavfli tomoni shundaki, uning yashirin davri avvalgisinikidan ko‘ra 1-2 haftaga uzoqroq. Bunda virus yuqtirib olganda kasallik alomatlari 14-28 kun orolig‘ida ma’lum bo‘ladi.
“Kasallangan bemorlarda hech qanday alomatlar aniqlanmasligi virusni yanada kengroq tarqalishiga imkon beradi“, deydi yuqori malakali shifokor Syu Xaybo,
Ammo ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, virusning qanday paydo bo‘lishi borasida aniq bo‘lmagan noaniqliklar hukumatlarning kasallik tarqalishini to‘xtatish va iqtisodiyotini qayta jonlantirish bo‘yicha harakatlariga to‘sqinlik qilmoqda. Xitoy global miqyosda kasallikni aniqlash va sinovdan o‘tkazishning eng keng qamrovli rejimlaridan biriga ega. Shu imkoniyati bilan birga kasallikni yangi avj olishini saqlab qolish uchun kurashmoqda.
Syuning ta’kidlashicha, shifokorlar shimoli-sharqiy hududdagi bemorlarning asosan o‘pkalari zarar ko‘rayotganini payqashgan. Uxandagi bemorlarda esa yurak, buyrak va ichak singari a’zolar zararlanishi qayd etilar edi.
“Rasmiylarning fikriga ko‘ra, virus Rossiyada mutatsiyaga uchragan. Genetik ketma-ketlik shimoli-sharqiy mintaqa va Rossiyadagi holatlar o‘rtasida moslikni ko‘rsatdi“, deydi Syu.
Shimoliy-sharqiy provinsiyalarda qator karantin cheklovlari qayta o‘rnatildi. Xususan, yo‘llarning yopilishi, poyezdlar qatnovining to‘xtatilishi, maktablarning yopilishi va turarjoy binolarining izolyatsiyasi shular jumlasidandir.
“Odamlar virusni avji o‘tdi, deb o‘ylamasliklari va o‘zlarini himoya qilishda davom etishlari kerak. Epidemiya uzoq vaqt davom etishi mumkin“, deydi yuqumli kasalliklar bo‘yicha katta shifokor Vu Anxua.
LiveBarchasi