Milliardlar qani? O‘zPFL moliyaviy hisobot berdi

Sport

Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida 2022 yilda qilingan ishlar bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etdi. 

Hisobot majlisida tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jayev 2022 yilda PFL qilgan xarajat va daromadlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili tashkilot klublardan 5 mlrd 595 mln so‘m badal puli olgan. Umumiy mablag‘larning 4 mlrd 150 mln so‘mi Superliga, 745 mln so‘m Pro-liga va 700 mln so‘m Birinchi liga musobaqalarini o‘tkazish uchun sarflangan.  

Moliyaviy hisobot majlisi davomida liga tomonidan qo‘l urilgan boshqa barcha sarf-xarajatlar ham ochiqlandi.

Jumladan:

O‘zFHM – 5 135 425 000 so‘m;

Hakamlar – 3 294 427 829 so‘m;

O‘FA (bolalar futboli va VAR litsenziyasi) – 1 122 168 000 so‘m;

Futzal – 414 879 600 so‘m;

Translyatsiyalar uchun – 550 000 000 so‘m.

Tadbirning ikkinchi qismida Diyor Imomxo‘jayev OAV vakillarining savollariga javob berdi. Shuningdek, jarayonda Imomxo‘jayev “Andijon” va “Surxon” futbol klublari bilan bog‘liq muammoli holatlarga ham aniq izoh berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Diyor Imomxo'jaev futbol O'zPFL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing