Milliarderlar umrni uzaytiruvchi tabletka ishlab chiqish uchun katta pul tikmoqda
Salomatlik
−
07 dekabr
4764Milliarderlar umrni uzaytiruvchi tabletkalarni yaratishni moliyalashtirmoqda. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, bunday tabletkalar oxir-oqibat oddiy odamlar sotib ololmaydigan darajada qimmat narxda bozorga chiqadi va faqatgina boylarni “hashamatli, imtiyozli zombi”ga aylantirib qo‘yadi.
“Dorilar faqat ularni sotib olishga qodir bo‘lganlar uchun mavjud bo‘ladi. Dunyo esa, “dabdabali, imtiyozli zombi”larga to‘la bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
MIT Technology Review ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika biotexnologiya tadqiqot kompaniyasi asoschisi Altos Labsning amalga oshirmoqchi bo‘lgan Retro BioScience innovatsiyasi uzoq umr ko‘rish bo‘yicha Google asoschisi Larry Peyjning 2013 yilda boshlagan xuddi shunday Calico Labs loyihasi bilan deyarli bir xildir.
O‘tgan yilning aprel oyida ChatGPT asoschisi Sem Altman ushbu biotexnologik startapiga 180 million dollar miqdorida pul tikkanligi ma’lum bo‘lgan. Qolaversa, Jeff Bezos qarish jarayonini yo‘qotishni o‘rganayotgan Altos Labs kompaniyasiga 3 milliard dollar sarmoya kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHning Los-Anjeles shahrida joylashgan Sidars-Sinay tibbiyot markazi olimlari inson yuragi funksiyalarini bajara oladigan maxsus chipni yasagandi. Bildirilishicha, ushbu nanotexnologiya turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilishi mumkin. Xususan, u saraton muolajasiga doir tadqiqot va sinovlarda asqatishi, bundan tashqari, mitti qurilma yurak faoliyatini batafsil o‘rganish hamda uning kasallik paytidagi holatini tekshirish imkonini beradi.
LiveBarchasi