Milliarder Usmonovning kompaniyasi VK'dagi aksiyalarini sotib yubordi
Olam
−
03 dekabr 2021
6565Asli kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli “USM Holding” kompaniyasi Rossiyada ommalashgan "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi barcha aksiyalarini sotib yubordi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, VK'ning barcha aksiya paketini "Sogaz" guruhi sotib olgan. Uning eng yirik aksiyadorlari "Rossiya" bankining egasi va Vladimir Putinning do‘sti Yuriy Kovalchuk, uning rafiqasi va ularning biznes sheriklari hisoblanadi.
Kovalchuk telekanallar va “Izvestiya” gazetasining egasi, endi u “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ini ham boshqaradi.
Ma’lum qilinishicha, "Sogaz" VK'ning 57,3 foiz ovoz beruvchi aksiyalarni nazorat qiluvchi “MF Texnologiya” OAJning 45 foiz aksiyasiga egalik qiladi. “USM Holding” kelishuvni tasdiqlagan, biroq tomonlar bitim summasini oshkor qilmagan.
LiveBarchasi