Miley AQSH, Rossiya va Xitoyni yangi dunyoning yetakchilari deb atadi

Olam

image

Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan dunyo tartibi qayta qurila boshladi. Yevropa endi yetakchilikka da’vo qila olmaydi. Bu haqda Argentina Prezidenti Xaver Miley “Urgente24” radiosiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Prezidentning fikricha, Yevropa ko‘p yillardan beri o‘smayapti.

“Qo‘shma Shtatlar butun Amerika va Yevropa tepasida bo‘ladi. Yevrosiyoni Rossiya boshqaradi, ammo Osiyoning qolgan qismini Xitoy boshqaradi”, degan davlat rahbari.

Mileyning fikricha, Lotin Amerikasi AQSH ta’sir orbitasiga kiradi. Argentina, Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Vashingtonning g‘arbiy yarim shardagi asosiy hamkori hisoblanadi.

“Biz to‘g‘ri vaqtda to‘g‘ri joyda turibmiz”, deya qo‘shimcha qilgan Miley.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xaver Miley tashkilotning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashdagi usullaridan noroziligini bildirib, Tashqi ishlar vaziri Xerardo Xerardo Verteynuga mamlakatni Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotidan (JSST) chiqarish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Prezident matbuot kotibi Manuel Adorni pandemiya davomida JSST tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar va ilgari tashkilotga prezident bo‘lgan Alberto Fernandes tomonidan qabul qilingan qarorlar “Argentina uchun insoniyat tarixidagi eng uzoq muddatli karantin”ga olib kelganini va mamlakatni “muayyan davlatlarning siyosiy ta’siri ostida bo‘lishiga” sababchi bo‘lganini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xav'er Miley Agrentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing