Argentina Prezidenti AQSH va Braziliyani aybladi

Sport

image

Argentina Prezidenti Xaver Miley 2026 yilgi Jahon chempionati davomida mamlakat milliy terma jamoasiga nisbatan bildirilgan tanqidlar bir nechta davlatlar tomonidan muvofiqlashtirilgan kampaniyaning bir qismi bo‘lganini da’vo qildi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Miley Argentina terma jamoasiga nisbatan tanqidlar, muxlislar orasidagi irqchilik bo‘yicha ayblovlar hamda Lionel Messi jamoasi FIFA tomonidan yashirincha qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi fitna nazariyalari ortida muvofiqlashtirilgan “Argentinaga qarshi kampaniya” turganini aytgan.

Argentina Prezidentining ta’kidlashicha, ushbu kampaniya AQSH Demokratik partiyasi, shuningdek, Braziliya va Meksika hukumatlari tomonidan moliyalashtirilgan.

“Bu erkinlik g‘oyalarining amalga oshishini istamaydigan progressiv kuchlarning ishidir”, deydi Miley.

Shuningdek, u Prezident Luis Inasiu Lula da Silva boshchiligidagi Braziliya hukumati mazkur kampaniyani moliyalashtirishda eng katta hissani qo‘shganini ham da’vo qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalidan keyin FIFA va hakamlar tomonidan jamoaga alohida imtiyoz berilayotgani haqidagi ayblovlarni inkor etib, hammasi jamoaning o‘z kuchi bilan erishilayotganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing