Argentina AQSHga ergashib JSSTdan chiqishini e’lon qildi

Olam

image

Argentina Prezidenti Xaver Miley tashkilotning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashdagi usullaridan noroziligini bildirib, Tashqi ishlar vaziri Xerardo Xerardo Verteynuga mamlakatni Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotidan (JSST) chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “Buenos Aires Herald” xabar berdi.

Prezident matbuot kotibi Manuel Adorni pandemiya davomida JSST tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar va ilgari tashkilotga prezident bo‘lgan Alberto Fernandes tomonidan qabul qilingan qarorlar “Argentina uchun insoniyat tarixidagi eng uzoq muddatli karantin”ga olib kelganini va mamlakatni “muayyan davlatlarning siyosiy ta’siri ostida bo‘lishiga” sababchi bo‘lganini ta’kidlagan. Xabarda, shuningdek, JSSTning epidemiya davridagi “chegarasiz karantinlari”ning ilmiy dalillarsiz amalga oshirilgani qayd etilgan. 

“Argentina xalqi xalqaro tashkilotlarning bizning suverenitetimizga, hatto sog‘lig‘imizga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi”, dedi Adorni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSSTdan chiqish Argentina sog‘liqni saqlash tizimining sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

“Bu bizning sog‘liqni saqlash sohasida suverenitetga ega bo‘lgan mamlakat sifatidagi yo‘limizni mustahkamlaydi”, dedi u.

Prezident vakili JSSTdan chiqishdan tashqari Argentina Parij kelishuvidan ham chiqishni ko‘rib chiqayotganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil yanvar oyida AQSH Prezidenti Donald lavozimiga kirishganidanoq mamlakatning JSSTdan chiqishi haqida farmon imzolagandi. Bundan tashqari, Tramp kecha, 4 fevral kuni AQSHni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashidan chiqarishni va Falastinlik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlaydigan BMTning Yaqin Sharq agentligiga (UNRWA) moliyaviy yordamni taqiqlashni buyurdi hamda bu tashkilotlarni “antimerikan” deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh JSST Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing