Milanda Donnarummaga soxta pullar sochiladi

Sport

image

“Milan”ning faol muxlislari PSJ bilan o‘yin paytida ilgari Italiya klubida to‘p surgan parijliklar darvozaboni Janluiji Donnarumma nomiga promo-aksiya tayyorladi. Bu haqda “Corriere della Sera” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, muxlislar darvozabonga qarata qalbaki kupyuralarni uloqtiradi va neapolitan an’analariga ko‘ra “qadriyatsiz odam” degan ma’noni anglatuvchi 71 raqamli futbolka kiyadi.

Italiyalik futbolchi o‘zining sobiq jamoasi bilan “San-Siro” stadionida birinchi marta to‘qnash keladi. 

Donnarumma 2021 yilning yozida erkin agent sifatida PSJga o‘tganidan beri Milanda ikki marta Italiya terma jamoasi safida o‘ynadi. O‘shanda “Milan” muxlislari ikki marta darvozabonga soxta pullarni sochdi.

7 noyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Milan” – PSJ uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 01:00 da yangraydi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Donnarumma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing