“Milan” “Manchester Siti” himoyachisini nishonga oldi
Sport
−
14 yanvar
1768Italiyaning “Milan” klubi “Manchester Siti” qanot himoyachisi Kayl Uokerni sotib olmoqchi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, milanliklar Uoker transferi ustida jiddiy ishlamoqda. Klub futbolchiga 2.5 yillik, ya’ni 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolash bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Qayd etilishicha, Kayl bilan muzokaralarda “rossonerilar” rahbariyatining maslahatchisi lavozimini egallab turgan Zlatan Ibragimovich asosiy rol o‘ynadi. Jamoa shu hafta yakuniga qadar transferni yakunlashga umid qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, angliyalik himoyachi “shaharliklar” tarkibiga 2017 yilda kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Uoker bu vaqtga qadar umumiy 212 ta o‘yinda 3 ta gol urgan. 34 yoshli himoyachi joriy mavsum jamoa tarkibida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar