“Milan”ga Messini olib kelmoqchi bo‘lgandim – Maldini 

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi sobiq texnik direktori Paolo Maldini 2020 yilda “rossonerilar” safiga argentinalik to‘p ustasi Lionel Messini olib kelishga harakat qilganini ma’lum qildi.

“Messi “Inter”ga o‘tishi mumkinligini o‘qiganimda, jahlim chiqdi. 10 kun davomida uni “Milan”ga olib kelishga harakat qildim, lekin keyin buning iloji yo‘qligini angladik. Menimcha, u kabi futbolchi har doim muxlislar uchun qiziq. Mecsi har doim muxlislarni qoyil qoldiradigan ishlarni qilishga qodir”, deydi Maldini.

Ta’kidlash joiz, argentinalik futbolchining “Inter”ga o‘tishi yakunda amalga oshmadi. Bir yil o‘tgach, Argentina terma jamoasi sardori erkin agent sifatida “Pari Sen-Jermen”ga o‘tdi va ikki mavsumni Parij jamoasida o‘tkazdi. O‘tgan yozda u AQSHga ko‘chib o‘tdi va hozirda “Inter Mayami”da to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, Paolo Maldini 2018 yildan “qizil-qoralar” jamoasida texnik direktor bo‘lib faoliyat yuritayotgandi. Maldini 2023 yilning iyun oyida Milanning yangi egasi Jerri Kardinale kelisha olmay, ishdan bo‘shatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Milan Mal'dini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing