Milan derbisida Ibragimovich sobiq jamoadoshi bilan janjallashdi (video)

Sport

image

Kecha, 26 yanvar kuni Italiya futbolida alohida voqelik sifatida qaraladigan Milan derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda “Inter” Italiya Kubogidan o‘rin olgan bahsda “Milan” ustidan 2:1 hisobida ustun keldi. 

Dastlab, Ibragimovich tomonidan o‘yinning 31-daqiqasida kiritilgan gol hisobiga “Milan” oldinga chiqib oldi. So‘ngra birinchi bo‘lim oxirida u sobiq jamoadoshi Romelu Lukaku bilan o‘zaro janjallashdi. Bu uchun shved sariq kartochka oldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Ibragimovich raqib jamoasiga ishlatgan qo‘polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi. 

 

Ibragimovichsiz qolgan “Milan”ga 71-daqiqada Lukaku penaltidan va o‘yin oxirida Eriksen jarimadan gol urdi. Shu tariqa “Inter” g‘alabani ilib ketdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ibragimovich va Lukaku 2017-2018 yillarda Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida birga harakat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Inter Lukaku Ibragimovich

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing