“Milan” “Chelsi” vingerini nishonga oldi
Sport
−
17 yanvar 2161 1 daqiqa
Italiyaning “Milan” klubi “Chelsi” futbolchisi Joau Feliks transferini amalga oshirmoqchi. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, “Milan” “Chelsi” vingeri Feliksni ijaraga olmoqchi. Bu transferga klub murabbiyi Serjiu Konseysauning o‘zi qiziqmoqda. “Rossonerilar” “Manchester Yunayted”dan Markus Reshfordni sotib ololmaslik ehtimoli sabab, “aristokratlar” futbolchisini qo‘lga kiritmoqchi. Ta’kidlanishicha, London klubi portugaliyalik futbolchini ijaraga bermoqchi emas.
Ma’lumot o‘rnida, Feliks 2023 yilda londonliklar safiga kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi. 25 yoshli Feliksning narxi “Transfermarkt” portalida 30 million yevroga baholangan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr