Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi
Jamiyat
−
18 mart 2020 16048 1 daqiqa
Mikrokredit va mikroqarz miqdorlariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishda qayd etilgan.
Qonun bilan, qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million so‘mdan oshmaydigan summada mikrokredit beriladi.
(Ilgari BHMning 1000 baravari (223 mln so‘m) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan)
Shuningdek, jismoniy shaxslarga 50 mln so‘mdan oshmaydigan miqdorda mikroqarz berilishi belgilandi.
(Ilgari BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming so‘m) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan)
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr