Migratsiyadan tortib bojxonagacha. Aripov va Mishustin 10 dan ortiq hujjatlarni imzoladi
Olam
−
02 dekabr 2022
11548Bugun, 2 dekabr kuni hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikka oid 10 dan ortiq hujjat imzolandi.
Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov joriy uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunikeni imzolagan.
Ikki davlat bojxona organlari rahbarlari Rossiya va O‘zbekiston bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish va tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar hamda tovar va transport vositalarini olib o‘tishda bojxona operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibini tashkil etish, ya’ni “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritish haqida Bayonnoma imzolagan.
Bundan tashqari, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida, jismoniy tarbiya va sport sohasida kasb-hunar ta’limi sohasida hamkorlik to‘g‘risida, mehnat migrantlarining mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolangan.
Imzolangan hujjatlar, shuningdek, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar kompleks dasturi va 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan transport sohasida hamkorlik bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini o‘z ichiga oladi.
“Tatneft” kompaniyasi bosh direktori Nail Maganov va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Tatneft” va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagan. Shuningdek, “Tatneft” va “O‘zkimyosanoat” AJ o‘rtasida “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning 100 foiz ulushini oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzolangan. Ikki davlat ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha elektron shaklda axborot almashish jarayonida axborot bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha texnik bayonnoma imzolangani e’lon qilindi.
LiveBarchasi