Migratsiya agentligiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
03 sentabr 2057 1 daqiqa
Bugun, 3 sentyabr kuni Muxsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli qarorni imzoladi.
Ma’lumot uchun, Muhsinxo‘ja Abduraxmonov 1974 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U AQSHning Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universiteti hamda Yaponiyaning Otaru kommersiya universitetini bitirgan. Shuningdek, Muxsinxo‘ja Abduraxmonov 2004–2008 yillarda Yaponiyaning Xokkaydo universitetida doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan.
U 2004-2006 yillarda “Coca Cola Ichimligi O‘zbekiston” kompaniyasida menejer lavozimida, 2008-2018 yillarda esa “MTRUSTCo. Ltd”ning (Yaponiya) bosh direktori bo‘lib ishlagan. Shundan so‘ng, 2018-2021 yillarda Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan. U 2021 yilning iyulida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangan. Muhsinxo‘ja Abduraxmonov 2021 yildan elchi lavozimiga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lgan. U rus, tojik, ingliz, yapon va arab tillarini biladi. Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Behzod Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi