Migrantlarni olib ketayotgan qayiq cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor.

Olam

image

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat gubernatori Ilhom Oqtoshga ma’lum qildi.

Olib borilayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari uchun Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi va boshqa muassasalarga tegishli samolyot, 2 vertolyot, uchuvchisiz samolyot, 18 ta qayiq va 500 dan ortiq xodim jalb etilgan.

Gubernator rezina qayiqning Ejeabat tumani qirg‘oqlarida cho‘kib ketganini va halok bo‘lganlardan 7 nafari bolalar ekanini bildirgan. Qutqarib qolingan 4 nafar muhojirlar o‘ziga kelgandan so‘ng, ular bilan suhbat o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

"Qayiqda qancha odam bo‘lgani haqida ishonchli ma’lumot yo‘q. Qurbonlar sonini aniqlashga harakat qilmoqdamiz. Omon qolganlar bilan suhbat o‘tkazilmoqda. Ba’zi bir qarama-qarshi ma’lumotlar bor", degan Ilhom Oqtosh.

Muhojirlar Ejeabat tumanidagi Buyuk Kemikli Burnu manzilidan yo‘lga chiqqan va Gretsiyaning Samotraki oroliga borishga harakat qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirlarida Turkiyaning Izmir viloyatining Dikili tumanida baliqchilar qayig‘i cho‘kib ketgan va oqibatda 3 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

muhojirlar qayiq Chanoqqal'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing