Surxondaryodagi suv omborida qayiq ag‘darilib, bir kishi cho‘kib ketdi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi suv omborida qayiq ag‘darilib ketishi oqibatida unda bo‘lgan bir kishi cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 iyun kuni soat 17:30 larda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “112” tizimi orqali Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Janubiy Surxon suv omborida qayiq ag‘darilib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan vaqtda suv omboriga tushib ketgan 5 nafar fuqarodan 4 nafari qirg‘oqqa suzib chiqqan, bir nafari esa suvdan chiqa olmay, cho‘kib ketgani ma’lum bo‘lgan. Hodisa yuzasidan FVB qutqaruvchilari tomonidan zudlik bilan suv havzasida keng ko‘lamli qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozirda voqea joyida Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi, IIB va FVB xodimlari tomonidan hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida elektromoped 8 nafar odam bilan kanalga tushib ketgandi. Oqibatda 8 nafar fuqarodan 4 nafari aholi tomonidan qutqarib qolingan, qolgan 4 nafari esa halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo qayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing