Migrantlarga uy ajratish tartibi belgilandi

Jamiyat

image
Migrantlar uchun ajratilgan 3462 ta uy hududlar kesimida qanday taqsimlanadi? north_east

Migrantlar uchun ajratilgan 3462 ta uy hududlar kesimida qanday taqsimlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirlg Matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman(shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.

Uy-joy ajratish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

•    ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjatlarni va so‘rovnoma-arizani taqdim etadi;
•    komissiya hujjatlarni 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi;
•    komissiya arizani ko‘rib chiqishda uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarini qator ijtimoiy mezonlar asosida (talabgor nomida uy-joy yo‘qligi, ijarada turishi, boshqa oila bilan bir uyda yashashi, ko‘p bolalilik va b.) aniqlaydi;
•    arizani ko‘rib chiqish va uy-joy sharoitini o‘rganish natijasida komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 
•    yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi. 

2020 yil dasturlari doirasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha: 

•    imtiyozli davr – 1 yil;
•    kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2019 yil 20 avgustdagi PF-5785-son Farmonida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda uy-joylar qurilishi bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida ko‘p kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant uy-joy

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing