Migrantlarga Rossiyaga kirishi uchun yangi talab qo‘yiladi
Olam
−
30 may 23816 2 daqiqa
Joriy yilning 30 iyun kunidan boshlab Rossiya bilan vizasiz rejimda bo‘lgan mamlakat fuqarolari Rossiyaga kirishidan oldin elektron ariza qoldirishi shart va buni amalga oshirmaganlar mamlakat hududiga kirolmaydi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volk xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 30 iyun kuni Rossiyaga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishi va chiqishi tartibini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha eksperimentning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu eksperiment Rossiya hukumatining 2024 yil 7 noyabrdagi 1510-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu sanadan boshlab, vizasiz tartibda Rossiyaga kirish uchun xorijiy fuqarolar (shu jumladan voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxslarning qonuniy vakillari) sayohat rejasidan kamida 72 soat oldin Rossiyaga kirish haqida elektron ariza to‘ldirishlari shart bo‘ladi.
Agar kirish uchun zudlik bilan zarurat mavjud bo‘lsa (masalan, shoshilinch davolanish zarurati, yaqin qarindoshning og‘ir kasalligi yoki o‘limi), ariza safardan kamida 4 soat oldin topshirilishi mumkin.
Elektron arizani faqat xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan “RuID” mobil ilovasi orqali to‘ldirish mumkin.
Qayd etilishicha, ushbu chora migratsion oqimlar ustidan nazoratni takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarning navbatdagi muhim bosqichi hisoblanadi.
Shu bilan birga, xorijliklar uchun yaratiladigan raqamli profil davlat xizmatlarini, jumladan migratsiya yo‘nalishidagi xizmatlarni olish tartibini soddalashtiradi hamda oldindan Rossiyaga kirishga qo‘yilgan ehtimoliy cheklovlar haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, mobil ilovada foydalanuvchining Rossiya chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham elektron shaklda aks etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 30 iyunidan boshlab Rossiya Federatsiyasida migrantlarning raqamli profilini joriy etish boshlanishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi