Migrantlar yagona qoidalarga muvofiq rus tilini bilish sinovidan o‘tishi kerak – Putin
Olam
−
05 noyabr
4265Rossiya Prezidenti Vladimir Putin chet elliklar uchun rus tilini bilish darajasini ularning ish bilan ta’minlashdagi haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda aniqlash kerakligini aytdi. Bu haqda mamlakat rahbari bugun, 5 noyabr kuni rus tilini va Rossiya xalqlarining boshqa tillarini qo‘llab-quvvatlash kengashida so‘z ochdi.
"Rus tilini bilish nuqtai nazaridan umumiy qoidalar Rossiyaga ishlash uchun kelganlar uchun ham zarurdir. Ijtimoiy va madaniy xulq-atvor normalarimizning kasbiy talablarini hisobga olgan holda, ularni ish bilan ta’minlash, kundalik hayotda muloqot qilishning haqiqiy ehtiyojlarini aniqlab, tilni bilish darajasini mustahkamlash kerak", dedi u.
Qolaversa, yig‘ilishda rus tilini yaxshi bilmaydigan tashrif buyuruvchilarning bolalari bilan ishlashning yagona federal algoritmini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlangan. Shuningdek, Prezident Milliy lug‘at jamg‘armasi kelgusi yildan boshlab daromad olishini ham ma’lum qilgan.
"Ushbu juda talab qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratish to‘g‘risidagi qaror zamonaviy rus adabiy tili qoidalari to‘g‘risida rasmiy bilim manbasini shakllantirish zarurati bilan belgilanadi", deb tushuntirdi Putin.
Uning ta’kidlashicha, bunday ommaviy resurs o‘zlarining kasbiy va ijtimoiy faoliyatida so‘z bilan bog‘liq bo‘lgan kasb egalari uchun ham zarurdir.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev rus tilini bilmaydigan muhojirlar farzandlarini maktabga qabul qilishni to‘xtatish vaqti kelganini aytgandi. Uning bu chaqirig‘iga O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov munosabat bildirgandi. Qodirovga ko‘ra, bolalarga qilinadigan bu shafqatsizlik kelajakda rus tiliga munosabatni shakllantiradi.
Rossiyaning Fan va oliy ta’lim vazirligi migrantlar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslarini bilish bo‘yicha imtihon topshirishning yagona narxini belgilashni taklif qildi. Imtihonlar uchun yagona narxning joriy etilishi Davlat dumasining joriy yilning 29 oktyabr kuni ikkinchi va uchinchi o‘qishda “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar qabul qilgani bilan bog‘liq. Mazkur o‘zgarishlarga ko‘ra, imtihonlarni faqat davlat muassasalari qabul qilishi va o‘tkazishi mumkin.
Muhammad Hodiyev