Migrantlar rus tilini bilishi kerak – Gorovoy MDH diplomatlariga
Olam
−
19 Oktabr
3427Rossiya Federatsiyasida ishlashni rejalashtirayotgan muhojirlardan endi Rossiya tarixi va rus tilini bilish talab etiladi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Rossiya TIVda MDHga a’zo davlatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan xorijliklar, ayniqsa, mamlakatimiz qonunchiligini va rus tilini bilishi lozim”, deydi vazir o‘rinbosari.
Tadbirda Gorovoy xorijlik diplomatlarga Rossiya migratsiya qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar va xorijlik fuqarolarning Rossiya Federatsiyasida bo‘lishini nazorat qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari haqida so‘zlagan.
Gorovoy, shuningdek, chet el fuqarolari Rossiya Federatsiyasiga kirishda qiyinchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun MDH mamlakatlaridagi hamkorlar o‘z fuqarolarining sudlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘tkazish bo‘yicha barcha kelishuvlarga rioya qilishlari kerakligiga e’tibor qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Davlat Dumasining raisi Vyacheslav Volodin mamlakatda joriy yil yakunigacha migratsiya siyosati bilan bog‘liq 5 ta qonun qabul qilinishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr