Microsoft rossiyalik xakerlarni kompaniya rahbarlarining elektron xatlarini o‘g‘irlashda aybladi

Texnologiya

image

Midnight Blizzard guruhi (Nobelium nomi bilan ham tanilgan) xakerlar Microsoft rahbarlari, kiberxavfsizlik xodimlari, yuridik bo‘limlar va boshqa bo‘limlarning elektron pochta akkauntlariga kirishga erishdi. Bu haqda Microsoft blogida aytildi. 

Qayd etilishicha, hujum joriy yilning 12 yanvar kuni aniqlangan. Korporatsiya xakerlikni davlat hujumi deb atagan va Midnight Blizzard xakerlariga Rossiya hukumati homiylik qilganini aytgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2023 yilning noyabrida Microsoft korporativ elektron pochta akkauntlarining juda kichik qismiga kirishgan.

Ular elektron pochta xabarlari va ularga biriktirilgan hujjatlarni o‘g‘irlashgan. Microsoft surishtiruvi shuni ko‘rsatdiki, xakerlar Midnight Blizzard bilan bog‘liq ma’lumotlarni elektron pochta orqali qidirgan.

Kompaniyaning qayd etishicha, hujum korporatsiya mahsulotlari yoki xizmatlarining zaifligi tufayli sodir bo‘lmagan.

Microsoft'ning ma’lum qilishicha, xakerlar foydalanuvchi xizmatlari, manba kodlari yoki sun’iy intellekt tizimlariga kirish imkoniga ega bo‘lgani haqida hech qanday dalil yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Microsoft Midnight Blizzard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing