Dunyodagi eng yosh Bosh vazir futbolchiga turmushga chiqdi

Olam

image

Finlandiya Bosh vaziri Sanna Marin turmushga chiqdi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida xabar berildi.

U futbolchi Markus Raykonen bilan oila qurdi. Yoshlar bir birini 16 yildan beri taniydi. Ularning 2,5 yoshli qizi bor. To‘y marosimi hukumat rahbari rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi. To‘yga yoshlarning qarindoshlari va yaqinlari taklif qilindi.

Sanna Marin o‘tgan yilning dekabridan beri Bosh vazir lavozimin egallab keladi. U bu lavozimdagi uchinchi ayol va nafaqat Finlandiya balki butun dunyoda eng yosh Bosh vazir bo‘ldi. Uning hukumatidagi 19 vazirning 12 nafari ayollar. Mamlakatdagi beshta partiyadan to‘rttasining yetakchisi ham ayol.

Shu sababdan Estoniya Ichki ishlar vaziri Mart Xelme yangi fin hukumati tasdiqlanganda uni “oshpaz ayollar hukumati” deb atagan.

Ma’lumot uchun, Sanna Marin ham, Markus Raykonen ham 34 yoshda. Raykonen 2009 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U "Ilves" va TPV klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sanna Marin Finlandiya Markus Raykonen

Baholaganlar

1350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing