Microsoft asoschisi dunyo boylari reytingida bir pog‘ona pastladi

Olam

image

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts dunyo boylari reytingida ikkinchi o‘rinni fransiyalik biznesmen, Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyasi prezidenti Bernar Arnoga boy berdi. “Forbes” reytingi shundan darak bermoqda.

Endilikda Arno dunyo boylari orasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning boyligi 107 mlrd dollarga baholandi. Geyts 106,8 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinda boryapti.

Reytingni avvalgidek Amazon asoschisi Jeff Bezos boshqarib boryapti. Uning boyligi 112, 4 mlrd dollarga baholangan.

Reytingda asli o‘zbekistonlik rossiyalik milliarder Alisher Usmonov 12,1 mlrd dollar bilan 125-o‘rindan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Forbes Jeff Bezos Bill Geyts Bernar Arno

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing