MIB nomidan feyk xabarlar yuborilmoqda
Jamiyat
−
11 dekabr 3277 1 daqiqa
Majburiy ijro byurosi nomidan ijro hujjati yoki qarzdorlik haqidagi feyk xabarlar yuborilishi holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim fuqarolarning ism-sharifi, telefon raqami va hattoki pasport raqamlari bilan feyk xabarlar kelgan.

Ushbu xabar va “apk” ilovalari aslida firibgarlarning aldov yo‘li bo‘lib, ilova yuklab olinganda, plastik kartochka ma’lumotlari va pul mablag‘i qo‘lga kiritilishi ham mumkin.
“Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan xabarlardan ogoh bo‘lishingzni so‘rab qolamiz!” deydi Shamsutdinov.
MIBning bildirishicha, byuro nomidan ijro hujjatlari va qarzdorliklar bo‘yicha xabarlar fuqarolarimizga mobil SMS ko‘rinishida hamda alohida “MIB” info nomerik yordamida beriladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Telegram messenjeri orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari keskin ortgani kuzatilayotgani, firibgarlar Telegram-guruhlarida mavjud bo‘lgan ochiq ko‘rinishdagi @username ma’lumotlaridan foydalanib, guruhga qo‘shilmasdan turib foydalanuvchilarni kuzatib chiqayotgani va so‘ngra ular guruh a’zolari orasidan biror foydalanuvchini tanlab, uning Telegram profilini to‘liq nusxalayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi