Meyvezer kimga qarshi ringga ko‘tarilayotganini ma’lum qildi

Sport

image

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer 2021 yilning 20 fevral kuni mashhur videobloger Logan Pol bilan ko‘rgazmali jang o‘tkazadi. Bokschi bu haqda Instagram’dagi o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Mazkur jang qayerda o‘tishi haqida ma’lumotlar mavjud emas.

43 yoshli Meyvezer barcha davrlarda eng ko‘p maosh oladigan bokschi hisoblanadi. 2015 yil 2 mayda bo‘lib o‘tgan filippinlik Menni Pakyao bilan jang uchun u boks tarixida rekord maosh oldi – 210 million dollar. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Konor Makgregor bilan jang uchun 275 million dollar olgan. 2018 yil iyul oyida “Forbes” jurnali eng ko‘p maosh oladigan mashhurlar ro‘yxatida Meyvezerni birinchi o‘ringa qo‘ygan edi.

Meyvezerda 50 g‘alaba (27 ta nokaut) bor. U professional boksda bir marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. U beshta vazn toifasida jahon chempioni va 1996 yilgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi hisoblanadi. 2017 yilda karerasini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Mashhur videobloger Polning ham katta ringda birinchi jang o‘tkazishi emas. U mashhur videobloger KSI’ga qarshi ikkita boks uchrashuvini o‘tkazgan. Birinchi jang 2018 yilning fevral oyida durang bilan tugagan bo‘lsa, 2019 yil sentyabrda o‘tgan ikkinchi janga hakamlar KSI’ning g‘alabasini qayd etishgan.

Avvalroq, Meyvezer katta ringga qaytayotganini, ammo uning raqibi kimligi noma’lum ekanligini ma’lum qilgan edi. Uning qaytishi 28 fevral kuni Yaponiyadagi "Tokio Doum" arenasida o‘tkaziladigan shouning bir qismi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Floyd Meyvezer Logan Pol

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing