Metroning “Paxtakor” va “Xalqlar do‘stligi” bekatlari oralig‘ida harakat tezligi cheklanganiga izoh berildi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining “Paxtakor” va “Xalqlar do‘stligi” bekatlari oralig‘ida poyezdlarning harakatlanish tezligi pasaytirildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” UK ma’lum qildi va holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, “Paxtakor” va “Xalqlar do‘stligi” bekatlari oralig‘idagi yer usti hududida “Tashkent city” xalqaro biznes markazining qurilishi keng ko‘lamda olib borilmoqda, ko‘p qavatli binolar barpo etilmoqda. Metropoliten inshootlariga qo‘shimcha bosim ta’siri ortishini oldini olish maqsadida ushbu yo‘nalish bo‘ylab metro poyezdlarining harakatlanish tezligi kamaytirilgan.

Hozirda “Xalqlar do‘stlgi” bekatidan “Paxtakor” bekatigacha asosiy qurilish ishlari bajarilgan va poyezdlarning loyihada belgilangan tezligi tiklangan.

Biroq “Paxtakor” bekatidan “Xalqlar do‘stlgi” bekatigacha qurilish ishlari davom ettirilmoqda va shu sababli poyezdlarni harakat tezligi kamaytirilgan.

“Metropoliten poyezdlarining belgilangan harakat tezligi qurilish ishlari to‘liq yakunlangandan so‘ng tiklanadi. “Toshkent metropoliteni” UK keltirilgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing