Metroda yo‘l haqini kaft bilan to‘lash mumkin bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining "Xalqlar do‘stligi" bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bildirilishicha, endilikda Toshkent metropolitenidan foydalanganda yo‘l haqqini to‘lash uchun  bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmaydi. O‘tish joyida UZINFOCOM’ning – Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirilgan.

Ta’kidlanishicha, foydalanuvchi kaftini skaner ustiga tutadi va tizim uni identifikatsiya qiladi. Yo‘lovchidan avtomatik tarzda to‘lov yechib olinadi. Buning uchun u bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlarini kiritishi kerak bo‘ladi. 

Bundan tashqari, jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablag‘i bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng to‘lov uchun kaftning o‘zi kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki QR-kodli cheklarsiz to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing