Metroda “tig‘iz paytlarda” oraliq interval qisqartiriladi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlarida “tig‘iz paytlarda” oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirilib, barcha imkoniyatlardan foydalangan holda qo‘shimcha harakat tarkiblari soni ko‘paytiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK rahbari va tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari bilan navbatdagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar topshiriq sifatida mas’ullar zimmasiga yuklatilgan:

  • tirbandliklarni oldini olish, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, poyezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida, poyezdlar harakati jadvali qayta ko‘rib chiqish;
  • metropoliten barcha yo‘nalishlarda “tig‘iz paytlarda” oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirish va barcha imkoniyatlardan foydalangan holda qo‘shimcha harakat tarkiblari sonini ko‘paytirish;
  • metropolitenning asosiy ish faoliyatiga ta’sir qilmagan holda “Chilonzor” elektrodeposi tasarrufidagi harakat tarkiblari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, hafta so‘nggiga qadar aniqlangan nosozliklar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tasdiqlovchi foto suratlar ilova qilgan holda ma’lumot taqdim etish; 
  • joriy yilning so‘nggi 6 oylik davrida qayd etilgan metropoliten harakat tarkiblarining texnik nosozlik tufayli liniyadan chetlatilganligi xolatlari soni, nosozlik sabablari, nosozlik qayd etilgan uskuna yoki tizimlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumot tayyorlab kiritish.

Bundan tashqari, yer usti xalqa yo‘li qurilish ishlarining 2-bosqichi № 8-9-10-11- metro bekatilarining qurilish ob’ektiga qurilish montaj ishlari bo‘yicha biriktirilgan ishchi guruhning har bir ma’sul xodimi tomonidan qurilish holatini puxta o‘rganib, hafta davomida aniqlangan va avval ko‘rsatilgan lekin bartaraf etilmagan kamchiliklar bo‘yicha ma’lumotlar, tasdiqlovchi foto suratlari ilova qilingan holda sharhlari bilan tayyorlab taqdim etish.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing